⚡️ BO'SH ISH O'RNI:
▶️ Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, ulanish va qabul qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimi.
❗️ Talablar: Oliy ma'lumotli (elektr energetikada texnik-muhandislik yo'nalishi); energetika tizimi korxonalarida 5 yil o'rta bo'g'in rahbar lavozimlarida samarali ish stajiga ega bo'lishi; elektr energetika tizimining 110-220-500 kv kuchlanishli podstantsiya hamda elektr uzatish havo tarmoqlarida muhandis-texnik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi; kompyuterda ishlashni mukammal bilishi (Microsoft Office, Exsel, Word, Power Point); ma'lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g'oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o'z ustida ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishi; Mehnat faoliyati yuzasidan xizmat safarlariga tayyor bo'lishi; Davlat tilini bilishi (yozma va og'zaki nutq, rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi) zarur.
⇒ Bundan tashqari, "Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari" bo'yicha V guruhga ega bo'lishi; "Elektr energetikasi ob'ektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari"ni bilishi; "O'zbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari"ni bilishi; "Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasi qonunini bilishi; Energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615. ⇒ Onlayn rezyume
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
✔️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati