Yangiliklar
ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAM MUBORAK!
  • 29.08.2020
  • 1017

   Aziz jamoadoshlar, hurmatli hamkasblar!

   Avvalo, siz, azizlarni, eng buyuk va eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

   Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini barchamiz yana bir bor chuqur his qilib turibmiz.

 

   Jonajon O‘zbekistonimizda siz singari o‘z kasbining fidoyi odamlari safi yanada kengayib, olijanob mehnatingiz samarasidan avvalo o‘zingiz, oilangiz hamda el-yurtimiz bahramand bo‘lib kelayotganligi ko‘ngillarda kasbiy iftixor kayfiyatini uyg‘otadi.

Ilohim, yurtimiz tinch osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

     Ozod Vatanimiz ravnaqi va  farovonligi, respublikamiz energetikasi rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona, ma'suliyatli va ezgu ishlaringizda hamisha zafarlar yor bo‘lishini istab qolaman!

   O‘zbekiston Respublikasi  Mustaqilligining 29 yillik bayrami bilan barcha hamkasblarimizni, jamoa a'zolarimizni samimiy muborakbod etar ekanman, barchangizga oilaviy baxtu saodat, sihat-salomatlik, Jamiyatimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

 

   Bugungi tahlikali zamonda bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch-osoyishta, erkin va obod hayotni har tomonlama asrab-avaylash va mustahkamlash, shuningdek, eng avvalo salomatligimizga alohida e'tibor qaratishimiz talab qilinmoqda. Biz dunyo miqyosidagi bugungi sarosimali kunlardan o‘zimiz uchun muhim xulosalarni chiqarishimiz va albatta tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilmog‘imiz kerak.

   Kelasi shu oy, shu kunlarga sog‘-salomat, tinchlik-osudalikda yetib borishimiz va tabarruk bayramlarni munosib qarshilashimiz nasib etsin! Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar tilayman.

   Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

 

Dadajon Aynaqulovich Isaqulov,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi

 

“O‘zbekiston MET” АJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>