Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi elektr qurilma va uskunalari doimiy nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 19.02.2024
  • 115

⚡️  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari  filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
 
Misol uchun, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimi sozligini tekshirib, tegishli tartibda qayd etib borishmoqda. Bundan tashqari, ochiq taqsimlash qurilmalaridagi elektr tarmoqlarining teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, kabel kanallarining usti qop qoplamasidan tozalanmoqda.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>