Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari brigadalari noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etishmoqda
  • 17.02.2024
  • 95

Kecha, 2024-yil 16-fevral kuni yurtimizda kuzatilgan ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va sovuq ob-havo oqimi ayrim hududlardagi elektr jihoz va uskunalari barqaror faoliyatiga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatdi.

⚡️ Misol uchun, 220 kV kuchlanishli «Fayziobod» va «Adolat» podstansiyalarini bog‘lovchi L-A-F liniyasining 99- va 100-tayanch ustunlari kuchli shamol ta'sirida shikastlangan.

Ayni daqiqalarda "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali navbatchi brigadalari yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etishmoqda va buning uchun maxsus texnika hamda mexanizmlar jalb etilgan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, L-A-F liniyasida noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgan nosozlik iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishiga sabab bo‘lmagan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>