Yangiliklar
«Namangan MET» filiali: Demontaj-montaj ishlаri muvaffaqiyatli yakunlandi
  • 16.02.2024
  • 88

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli Qaroriga asosan Filial tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida ekspluatatsiyada foydalanib kelinayotgan, quvvati 125 MVA bo‘lgan avtotransformatorni 250 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish (demontaj-montaj) ishlаri muvaffaqiyatli yakunlandi.

⚡️ AT-3-250 MVA avtotransfomatori 220, 110 va 10 kV kuchlanishli yacheykalari tasdiqlangan dasturga asosan kuchlanish ostiga qo‘yildi.

Natijada 220/110/10 kVli “Sardor” podstansiyasida qo‘shimcha 125 MVA quvvat o‘tkazish imkoniyati yaratildi hamda Namangan shahri, Kosonsoy, Namangan, Yangi Namangan, Davlatobod To‘raqo‘rgon va Chust tumanlari hududidagi aholi isteʼmolchilari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalari elektr taʼminoti ishonchliligi birmuncha oshirildi.

✍️ Ravshan Ibragimov, «Namangan MET» filiali direktori

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>