Yangiliklar
INVESTITSIYA LOYIHALARI HAQIDA QISQA MA'LUMOT: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm hamda Navoiy viloyati hududlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, shuningdek Sarimoy aholi yashash punktida zamonaviy o‘chirib-yoqish punkti qurilmoqda
  • 28.08.2020
  • 662

   ✅  Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon banki, yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

    LOYIHA NOMI:  ««Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi»dan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish» investitsion loyihasi;

   HUQUQIY ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-iyundagi PQ-2541-sonli qarori;

   ⚡️ HUDUDIY QAMROVI: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari;

   LOYIHA QIYMATI:  258,5 mln. AQSh dollari miqdorida;

 

 

   ⚠️ LOYIHA MAQSADI: O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbiy energotizimi iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatida elektr energiyasi tanqisligini kamaytirishdan iborat. Shuningdek, loyihaning yakuniy natijalariga ko‘ra Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati va boshqa toifalangan obyektlar elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish nazarda tutilgan;

   ✅  LOYIHA NATIJASI: Loyiha doirasida 1241 dona tayanch ustunlari o‘rnatish va 364 km uzunlikdagi 220 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarilgan (100%). Havo liniyalari kuchlanish ostida sinov amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. «Xorazm» podstansiyasini modernizatsiya ishlari va yangi hamda zamonaviy «Sarimoy» o`chirib-yoqish punktini foydalanishga topshirish joriy yil noyabr oyiga qadar to‘liq yakunlanishi kutilmoqda. Mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, kichik va o‘rta biznes hamda sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlashni kafolatlash uchun xizmat qiladi. Loyiha doirasida 56 yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi, «Xorazm» podstansiyasining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirilib,yuqori kuchlanishli «Sarimoy» o`chirib-yoqish punkti foydalanishga topshiriladi;

 

 

   ⏯  OAV MAYDONIDA LOYIHA HAQIDA: «Investitsion loyihaning I bosqich yakunlari xususida» «O‘zbekiston–24» telekanalining «Axborot» dasturida.  Loyiha faoliyati O‘zbekiston milliy axborot agentligining uza.uz sahifalarida.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>