Yangiliklar
Yoqilg‘i-energiyasi bilan bog‘liq huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi
  • 14.02.2024
  • 98

#Bilasizmi

Yoqilg'i-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini o'rnatish maqsadida aholi tomonidan Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi belgilangan.

⚠️ Bunda, huquqbuzarliklar to'g'risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.

Huquqbuzarlik holatlari to'g'risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6951

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>