O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevral sanasidagi PQ–57-sonli “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish maqsadida Jamiyatning barcha ma'muriy bino va inshootlariga umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatildi. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan shartnomalar tuzilib, ortiqcha elektr energiya tuman, shahar elektr tarmoqlariga uzatilmoqda.
2023-yil yakuniga ko‘ra quyosh panellari orqali yil davomida 728,1 ming kVt•soat “yashil energiya” ishlab chiqarilgangan bo‘lib, shundan 129,3 ming kVt•soat elektr energiyasi tuman, shahar elektr tarmoqlariga sotilgan.
Quyosh panellari orqali hosil qilingan yashil energiya (728,1 ming kVt•soat) Jamiyatning 2023-yil davomida jami xo‘jaliklarda iste'mol qilingan (2 525,5 ming kVt•soat) energiyaning 28,8 foizni tashkil etmoqda.
2023-yil davomida quyosh panellari orqali hosil qilingan “yashil energiya” (728,1 ming kVt•soat) ulushiga mos ravishda 327,6 tonna to‘yinmagan uglerod gazlarini (ekologiyaga zararli gazlarni) tabiatga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotish ulushini kamaytirish, energiya samaradorlikni oshirish hamda xarajatlarni qisqartirish borasida tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilib borilmoqda. Bu ishlarning samarasi o‘laroq 2021–2023-yillarda texnologik yo‘qotishlarning ulushi kamayishiga erishilgan.
2021-2023-yillardagi magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlarning dinamikasi
✍️ Salim Eshonqulov, Elektr energiyasini texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati