⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Misol uchun, Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishlielektr uzatish havo tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati