Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 09.01.2024
  • 118

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartarаf etilmoqda.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>