Yangiliklar
Xitoy muhandislik instituti mutaxasislari tomonidan takliflar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
  • 05.01.2024
  • 215

Bugun, 2024-yil 5-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Xitoyning «China electric power planning and Engineering Institute» (EPPEI) muhandislik instituti tomonidan O‘zbekiston elektr energetika tizimini 2026-yilgacha hamda 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi yuzasidan takliflarni o‘ziga jamlagan taqdimotning dastlabki texnik muhokamasi bo’lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» DUK mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ishchi tartibdagi muhokamalarda O‘zbekiston elektr energetika tizimi qabul qila oladigan qayta tiklanuvchi energiya manabalari miqdori (ulushi), loyihalarni ishga tushirish muddatlari, «Yashil energiya» manbalari umutizimga integratsiya qilish uchun talab etiladigan qo‘shimcha texnik-muhandislik chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. Xitoylik mutaxassislar tomonidan ayrim hisob-kitoblarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>