Bugun, 22-dekabr — Energetiklar kuni hamda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayram munosabati bilan «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan, kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan, 5 nafar oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Xayriya aksiyasi davomida energetika tizimida ko‘p yillar ishlab, baxtsiz hodisa sababli boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarga oziq-ovqat savatlari Yangi yil sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
✍️ Filial kasaba uyushma boshlang‘ich tashkiloti
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati