Yangiliklar
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing:
  • 20.12.2023
  • 151

♦ qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

♦ tungi vaqt aholi turar joylarida o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;

♦ oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

♦ isitish pechlari va ularning mo‘rilarining sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;

♦ isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;

♦ isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

♦ gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

♦ agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10018

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>