⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Misol uchun, 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Buxoro” podstansiyasida navbatdagi nazorat ko‘rigi o‘tkazilib, unda elegazli o‘chirgichlarning bosimi va isitish tizimi, shu bilan birga, avtotransformatorlarning moy sath meʼyorlari nazorat tekshiruvidan o‘tkazildi. Bundan tashqari, 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-17-B-220 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi.
✍️ «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati