“O‘zbekiston MET” AJning 2023-yil 16-noyabrdagi 219-sonli buyrug‘i hamda “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining 2023-yil 16-noyabrdagi 178-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Filial tasarrufidagi “So‘g‘diyona”, “Samarqand”, “Ishtixon”, “Cho‘pon-Ota”, “Suvli” podstansiyalari xodimlari ishtirokida 220 kV kuchlanishli “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on tumani Yong‘in o‘chirish bo‘limi xodimlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbirda “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini sovuq ob-havo mavsumida yong‘inga xavfsiz holatda ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalarini faollashtirish, davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
✍️ A.J.Safarov, «Samarqand MET» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi yetakchi muhandisi
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati