Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Nishon tumanida yangi qurilayotgan quyosh elektr stansiyasini umumtizimga bog‘lash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
  • 11.12.2023
  • 301

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qarori asosida Nishon tumanida yangi qurilayotgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektrstansiyasi hamda «Talimarjon IES» AJning 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida qurilish-montaj ishlarini olib borish zaruriyati tufayli, 110 kV kuchlanishli  Farhod-1 va Farhod-2 liniyalari ustidan kesib o‘tayotgani sababli, ertaga, 12-dekabr kuni 09:00 dan 14:00 gacha texnik nomi Nishon-1 va Nishon-2 bo‘lgan 110 kV kuchlanishli  elektr uzatish havo tarmoqlari vaqtincha tarmoqda uzib turiladi.

110 kV  kuchlanishli Farhod-1, Farhod-2 elektr uzatish havo tarmog‘i Nishon-1 va Nishon-2 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining (otpoyka) shahobchasi orqali ta'minlangani sababli, belgilangan ishlar xavfsiz bajarilishi uchun, Nishon tumani iste'molchilari, shu jumladan, Nuriston qo‘rg‘onchasining ayrim hududlaridagi iste'molchilar kuchlanishsiz qolishi mumkin.

❗️ Hurmatli iste'molchilar, sovuq ob-havo kunlarida yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining qish mavsumida elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish uchun amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari ertaga, 12-dekabr kuni to‘liq yakunlanishini ma'lum qilamiz.  Ertaga 5 soat davomida vaqtincha tarmoqdan uzib turiladigan iste'molchilardan barcha ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

Facebook  ‖  Instagram  ‖ Youtube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>