Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 9-dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar 35 kV kuchlanishli L-Langar liniyasi tarmoqdan uzilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi
  • 07.12.2023
  • 169

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali shuni ma'lum qiladiki, 220 kV kuchlanishli Amir Temur-2 elektr uzatish havo tarmog‘iga optik tolali aloqa kabelini (VOLS) tortish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 110/35/10 kV kuchlanishli "Qorasuv" podstansiyasidan chiquvchi 35 kVli L-Langar elektr uzatish liniyasi 9-dekabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tarmoqdan uzib turiladi.

Qurilish-montaj amaliyotlari bajarilayotganda Qamashi tumanidagi Changak, Qizilqishloq, Dovud, Boburtepa, Elobod, Qishliq, O‘rtadara, Chuqurqishloq, Ko‘kbuloq, Terakli, Olmos, Kattao‘ra mahalla fuqarolari yig‘ini hududlaridagi iste'molchilar elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚡️ Iste'molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖  Instagram  ‖ Youtube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>