“Konstitutsiya haftaligi” doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligini munosib kutib olish maqsadida, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✔️ Tadbirga Toshkent shahar Adliya boshqarmasi xodimi Abror Melikulovich Berdiyev hamda Toshkent shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi Nargiza Aminovna Pulatovalar taklif etildi.
Mutaxassislar xodimlarga 2023-yilning 30-apreldagi Referendumi, Bosh Qomusimizga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil gapirib berdilar.
✍️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkloti
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati