Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan bugun, 2023-yil 6-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar rejalashtirilgan — 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Amir-Temur-2 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘iga optik tolali aloqa kabelini (VOLS) tortish ishlarini soat 14:01 da muvaffaqiyatli yakunlandi va bu haqda tegishli tartibda dispetcherlik xizmatlariga ma'lum qilindi.
Ayni paytda taqsimlovchi tarmoqlarda ta'mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda va bu ishlar nihoyasiga yetkazilishi bilan elektr tarmoqlariga kuchlanish berilishi nazarda tutilgan.
⚡️ Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati