Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati strategik ahamiyatga ega korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, davlat xaridlari tizimining shaffofligi va xo‘jalik mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta'minlashi, davlat xaridlaridan foydalanishning samaradorligini oshirishga mas'ul xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi «Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3487-son qarorining Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning ro‘yxat ilovasi, 4-qator (jami 24 ta korxona):
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJ elektr energiyasini yuqori kuchlanishli havo liniyalari orqali transportirovka qilish, sohaning mazkur tarmog‘idagi yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish, yuqori kuchlanishli havo liniyalari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish, modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, o‘z faoliyati doirasida davlat xaridlarini amalga oshiradi.
Ushbu jarayon davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta'minlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta'minlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi «Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4544-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi:
Jamiyat tarkibidagi Moliyaviy boshqaruv, biznes etika va shaffoflik bo‘limi Xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining https://exarid.uzex.uz hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida yaratilgan http://www.cooperation.uz maxsus savdo maydonchasiga o‘z xarid e'lonlarini joylashtirib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, http://www.cooperation.uz maxsus savdo portali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talabi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4302-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadi.
Bir so‘z bilan aytganda, «O‘zbekiston MET» AJning xarid jarayonlari rasmiy telegram kanali sahifalaridan tashqari Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «Investitsiya salohiyati» rukni, «Loyihalar», Tenderlar», «Asosiy ishlab chiqarish» hamda «E'lonlar» nimruknlari orqali muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda:
Quvonarlisi shundaki, elektron xaridlar savdo maydonlari ko‘p tomonlama qulay va, eng muhimi, mamlakatimizda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash islohotlarining birinchi raqamli tamoyillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyat boshqaruv raisining 2020-yil 20-maydagi 144-sonli buyrug‘iga asosan «O‘zbekiston MET» AJda Idoraviy tanlov komissiyasi qayta tuzilgan bo‘lib, unda 23 nafar Jamiyat xodimlari xarid jarayonining bevosita ishtirokchisi sifatida har bir xarid e'loni, uning texnik talablari va belgilangan shartlarga muvofiq yuborilgan takliflar bilan tanishib boradilar.
Cooperation.uz rasmiy telegram kanalining xabar berishicha, 2020-yil 4-avgust sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha yetakchi tarmoq korxonalari reytingida birinchi o‘rinni egallab, 0,8 mlrd so‘mlik jami 16 ta shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan oldinroq, ya'ni joriy yil 23-iyuldagi statistik ma'lumotlarga ko‘ra, «O‘zbekiston MET» AJ , 0,9 mlrd so‘mlik, jami 2 ta yirik shartnoma imzolagan.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, energetika sohasida, xususan elektr ta'minoti sohasida muhim ahamiyat kasb etgan yirik loyihalarni amalga oshirayotgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatining shaffofligini ta'minlash bilan birga pul mablag‘larini maqsadli sarflashga yo‘naltirmoqda. Bu, o‘z navbatida, soha rivoji, barqaror va samarali faoliyat uchun xizmat qiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati