Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Agar biz bilan hamkorlik qilib ishlamoqchi bo‘lsangiz 24/7 rejimida bog‘lanishingiz mumkin!»
  • 15.11.2023
  • 88

Murojaat egasi: Nurmuhammedov Tohirjon Shavkatbek o‘g‘li, «Tex Energo» kompaniyasi.

Elektron pochta: n.tohirjon05@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Biz «Tex Energo» kompaniyasi sizlarga o‘z xizmatimizni taklif qilmoqchimiz. Sizga 20 000 dan ortiq nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika tizimiga (kip-avtomatikaga) oid mahsulotlar 50 dan ortiq xorij hamkorlarimiz orqali sifatli hamda tez muddatda yetkazib beriladi. Agar biz bilan hamkorlik qilib ishlamoqchi bo‘lsangiz 24/7 rejimida bog‘lanishingiz mumkin. Aloqa raqamlarimiz ni yozib qoldirdik. Menejer: Tohirjon.

Murojaatga javob: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tijoriy taklif uchun «Tex Energo» kompaniyasi hamda uning menejeri Nurmuhammedov Tohirjon Shavkatbek o‘g‘liga minnatdorlik bildiradi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi. Tijoriy taklifingiz tegishli boshqarmalarga yuborildi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibida Talabnomalarni shakllantirish tovar-moddiy boyliklar monitoringini yuritish boshqarmasi mavjud bo‘lib, ish faoliyati uchun zarur barcha ehtiyot qism, tayyor va yarimtayyor mahsulot hamda uskuna-jihozlar Qonunchilikda belgilangan tartibda, elektron savdo hamda tender savdolari orqali amalga oshiriladi.

Sizga uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining “Investitsiya salohiyati” bosh rukni va “Eʼlonlar” hamda “Tenderlar” ruknlarida eʼlon qilinayotgan xabarnomalarni kuzatib borishingiz tavsiya etiladi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/23330                        

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/23

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>