«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni ma'lum qiladiki, 2023-yil 6-dekabr kunli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Amir-Temur-2 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘iga optik tolali aloqa kabelini (VOLS) tortish ishlarini bajarish uchun, 500/220/110/10 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Yakkabog‘-1 va L-Yakkabog‘-2 elektr uzatish tarmoqlarida xavfsiz ish bajarish uchun vaqtincha tarmoqdan uziladi.
Qurilish-montaj amaliyotlari bajarilayotganda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Kitob, Shahrisabz tumanlarining ayrim hududlarida belgilangan muddat ichida iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚡️ Iste'molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati