Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 14-avgustidan e'tiboran elektr energiyasi uchun tariflarning oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020-yil 29- iyuldagi 5-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan 2020-yilning 14-avgustidan e'tiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish bo‘yicha elektrenergetika sohasi korxonalari o‘rtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan.
Ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi, sohaviy muassasalar o‘rtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor bo‘lib, oqibatda elektr energiyasining iste'molchilarga yetkazib berish tariflariga ta'sir ko‘rsatmaydi, ya'ni narxlarning oshishiga sabab bo‘lmaydi.
«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati
Manba https://t.me/ies_uz/677