Avval ma'lum qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi 4799-sonli hamda 2022-yil 30-dekabrdagi 464-sonli qarorlariga asosan davlat-xususiy sherikligi tamoyili asosida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida quvvati 1500 megavatt bo‘lgan “Acwa Power Sirdarya” MChJ tomonidan yangi issiqlik stansiyasi qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi.
Yodingizda bo‘lsa, joriy yilning iyul oyida 220/500 kV kuchlanishli "Acwa Sirdaryo" podstansiyasiga kuchlanish berilib, 500 kV kuchlanishli 2 ta elektr uzatish havo tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulangan edi.
⚡️Buning uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 14,25 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli L-521, L-550 tarmoqlarigacha (kirish-chiqish) va 1,17 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli (kirish-chiqish) elektr uzatish havo tarmoqlarida olib borilgan qurish-montaj ishlari yakunlandi.
Bugun, 2023-yil 22-noyabr kuni investor tomonidan qurilayotgan "Acwa Sirdaryo" podstansiyasi 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmasininh rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Tadbirda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov ishtirok etdi va OAV vakillariga yangi podstansiyaning mamlakatimiz elektr energetika tizimidagi ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Marosimda, shuningdek, xorijiy investor kompaniya vakillari ham ishtirok etib, mamlakatimizda olib borilayotgan energetika sohasidagi islohotlarda bir nechta yirik loyihalar bilan ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirishdi.
✅ Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida qurilayotgan, quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi to‘g‘risida ma'lumot
Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasining birinchi energobloki ishga tushirildi.
Ayni paytda 500 MVt quvvatda elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Yil oxiriga qadar ikkinchi energoblok ishga tushirilib, ishlab chiqarish quvvati 1000 MVtga ko‘tariladi.
Elektr energiyasini uzatish uchun maydoni 30 gektar bo‘lgan 500/220/33 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi, ya'ni yangi yuqori kuchlanishli podstansiyanining birinchi bosqichi, aniqrog‘i 500 kV kuchlanishli podstansiya ishga tushirildi.
✔️ 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilma yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
⚡️“ACWA Sirdaryo” podstansiyasida zamonaviy elektr qurilma va jihozlari, himoya panellari o‘rnatilgan bo‘lib, elektron dasturlar bilan boyitilgan. Bir so‘z bilan aytganda, podstansiyaning ish faoliyati raqamlashtirilgan.
Mazkur 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilma orqali 5 ta yuqori kuchlanishli elektr tamoqlari chiqib, ularning birinchisi Toshkent va Farg‘ona vodiysini bog‘laydi. Ikkinchisi esa Samarqand va Buxoro viloyatini bog‘laydi.
Yana 2 ta yuqori kuchlanishli liniyalari Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi bilan o‘zaro bog‘langan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining beshinchisi endi qurilayotgan 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasi bilan bog‘lanadi.
Ushbu elektr tamoqlarining ishga tushirilishi boshqa yuqori kuchlanishli liniyalarning yuklamasini kamaytirishga hamda elektr energetika umumtizimining barqaror ishlashiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmaga 8 ta liniya ulangan bo‘lib, hozirda elektr uzatish havo tarmoqlarini qurilish ishlari bajarilmoqda, 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari 2024-yilda ishga tushiriladi.
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/21074?single
▶️ Batafsil
https://uza.uz/ar/posts/aswa-rower_541706
https://t.me/minenergy_uz/9726
https://t.me/minenergy_uz/9727
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati