Kasaba uyushmasi
Sport tadbiri o‘tkazildi
  • 09.11.2023
  • 63

Sport tadbiri o‘tkazildi

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan podstansiyalar va xizmatlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennis va armreysling turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarda jami 18 kishi ishtirok etdi.

Shaxmat bo‘yicha: 1-o‘rin — «Sardor» podstansiyasi ustasi Sh.Ablyarov, 2-o‘rin — muhandis M.Vaxabova;

Shashka bo‘yicha: 1-o‘rin — elektr montyori B.Sodiqjanov;

Tennis bo‘yicha: 1-o‘rin — podstansiya qorovuli I.Iminov

Armreysling bo‘yicha: havo liniyalari xizmati elektr montyori S.Hasanovlar munosib o‘rinlarni egallashdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>