Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatida 220/110/10 kV kuchlanishli yangi «Saroy» podstansiyasi hamda 220 va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda.
Shahrixon tumanida yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli «Xakan» podstansiyaning yuklamasi 100 MVt ga yengillashadi, bu esa, o‘z navbatida, mazkur podstansiyasining barqaror ish faoliyatini kafolatlaydi.
«Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialining xabar berishicha, joriy yilning 6–8-noyabr kunlari 220/110/10 kVli «Saroy» podstansiyasiga kirib-chiquvchi 2x13,9 km 220 kV havo elektr uzatish tarmog‘i mavjud L-40-YU2-220 kV havo elektr uzatish tarmog‘iga ulash ishlari tashkil qilingan.
E'tiboringizga havola etilayotgan lavhalarda tungi ish jarayoni aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari Andijon viloyati iste'molchilarining elektr ta'minotiga ta'sir etmaydi.
⚡️ Ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlarning pirovard natijasi Andijon viloyatining Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi va Shahrixon tumanlarning elektr ta'minotidagi quvvat tanqisligi muammolariga barham berib, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlanishiga imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, 110 kV kuchlanishli tarmoqlarning masofasini qisqarishi hisobiga texnologik sarflar miqdori kamaytirilishiga erishiladi.
Foto va videolavhalar Axborot xizmatiga navbatchi brigada xodimlari tomonidan taqdim etilgan.
⚡️ 220/110/10 kVli “Saroy” podstansiyasi va 220/110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilishi to‘g‘risida ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qarorida 2021–2023-yillarda Andijon viloyatidagi iste'molchilarning elektr ta'minotini yaxshilash hamda aholini barqaror ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun Shahrixon tumanida 220/110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va yangi 220/110/10 kV kuchlanishli, 2 x 125 MVA quvvatli podstansiya qurish belgilangan.
Joriy yilning 6–8-noyabr kunlari 220 kVli “Saroy” podstansiyasiga kirib-chiquvchi 2x13,9 km 220 kV havo elektr uzatish tarmog‘i mavjud L-40-YU2-220 kV havo elektr uzatish tarmog‘iga ulash ishlari tashkil qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari Andijon viloyati iste'molchilarining elektr ta'minotiga ta'sir etmaydi.
Foto va videolavhalar Axborot xizmatiga navbatchi brigada xodimlari tomonidan taqdim etilgan.