“DARAXT HAVAS BILAN EKILISHI, XALQIMIZ, MAHALLALARIMIZNING MADANIYATIGA AYLANISHI LOZIM”
Sh. M. Mirziyoyev
Bugun, 2023-yilning 3-noyabr sanasida “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri Yashnaobod tumanining “Katta Qo‘yliq” mahallasida daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi.
Aksiyada filialning 38 nafar xodimlari ishtirok etishdi. Mahallani ko‘kalamzorlashtirish, chiroyiga chiroy qo‘shish maqsadida 105 dan ortiq mevali ва manzarali daraxtlar ekildi.
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbuskorlari “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishida faol ishtirok etdilar.
“Katta Qo‘yliq” mahallasi fuqarolar yig‘ini faollari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga o‘z minnatdorligini bildirishdi.
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati