Yangiliklar
Markaziy Osiyo elektr energetika sohasi mutaxassislarining ishchi tartibdagi muhokamalari yakunlandi
  • 25.10.2023
  • 188

Avvalroq ma'lum qilganimizdek, bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyo elektr energetika tashkilotlari mutaxassislarining ishchi tartibdagi yig‘ilishi boshlagan edi.

Ayni paytda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 42-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi. Mutaxassislar kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama etishdi va ayrim texnik-muhandislik amaliyotlari yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.  Kelishuv va takliflar bayonnoma orqali rasmiylashtirildi. Shuningdek, yig‘ilishda mintaqa energetiklari tomonidan bajarilgan ishlar hisoboti va istiqboldagi rejalar ma'lum qilinib, talab va takliflar tinglandi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo elektr energetika tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida qatnashmoqdalar.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>