Yangiliklar
Belgilangan normalarga asosan, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha oʻrnatiladi:
  • 19.10.2023
  • 214

#Bilasizmi

Belgilangan normalarga asosan, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha oʻrnatiladi:

1 kilovoltgacha kuchlanishli tarmoqlar uchun — 2 metr;

20 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);

35 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr;

110 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr;

220 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 25 metr;

500 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 30 metr.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu muhofaza zonasi elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat.

Mazkur hududda har qanday qurilish ishlarini (uy, bino, issiqxona va hokazo) olib borish qat’iyan taqiqlanadi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/9355

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>