Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ majlislar zalida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
  • 20.10.2023
  • 171

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri aktyori Ahror Alijonov hamda el ichida “G‘ulom shov-shuv” nomi bilan tanilgan qiziqchi qatnashdi.

Dastlab boshqaruv raisining o‘rinbosari A. Yo‘ldoshev tadbirni ochib berdi hamda tilning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, tarix, bugungi kun va kelajakni barpo etishda o‘zbek tilining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

So‘ngra, tadbir mehmonlari birma-bir so‘zga chiqib, hozirgi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar davrida xorijiy tillarni mukallam o‘rganish bir qatorda o‘z ona tilimiz – o‘zbek tilini ham doimo o‘rganib, uning asosiy qoidalaridan har kunlik hayotimizda foydalanib borishimiz va tilning buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarurligini taʼkidlashdi.

✍️ Maslahatchi Orif To‘xtashev

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>