Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Qonunlar ijrosini Denov tuman ijtimoiy taʼminot bo‘limida ham taʼminlab, turmush o‘rtog‘imning shaʼni va qadr-qimmatini tiklab, nafaqaga chiqishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman!»
  • 18.10.2023
  • 101

Murojaat egasi: Eshmurodov Abusalom Temirovich, Surxondaryo viloyati.

Elektron pochta: shodiyadiydor@gmail.com

Murojaat mazmuni: Sizlardan iltimos, Konstitutsiyamiz moddalarining ijrosini Denov tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limida ham ta’minlab, turmush o‘rtog‘im Eshmurodova Ruxsatning poymol etilgan Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini tiklab, nafaqaga chiqishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Abusalom Temirovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda o‘rganildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:

Murojaatda tilga olingan Eshmurodova Ruxsat ismli xodim “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida, xususan «Surxondayo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi energetika obyektlarida mehnat faoliyati yuritmasligi ma’lum bo‘ldi.  Siz murojaatda ko‘targan masala va xodimning nafaqaga chiqish borasidagi muammolar boshqa tashkilotlarda bo‘lishi mumkin. Umid qilamizki, murojaatni to‘g‘ri va batafsil ma’lumotlari bilan tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilotga yo‘naltirsangiz, murojaatingiz atroflicha o‘rganilib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/22426             

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Axborot xizmatidan mazkur murojaat egasi va boshqa fuqarolarga tavsiyalar: Fuqarolarimiz o‘z murojaatlarini aniq va batafsil bayon bilan, aynan qaysi tashkilot yoki korxona vakolatiga taalluqli ekanligini bilib-o‘rganib, so‘ng murojaat yuborishlari maqsadga muvofiq.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlariga binoan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora va tashkilotlarda ISHONCH (aloqa) raqamlari e’lon qilingan.

Xuddi shunday tartibda, o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, murojaatchilar bilan ishlash, OAV hamda jamoatchilik vakillari bilan aloqa o‘rnatish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Call centre raqami +998 (55) 500-5545 (9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha — yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob beriladi) e’lon qilingan.

Biz bilan bog‘lanish: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/pages/view/contact_us

Aloqa markazi raqamiga dastlab elektron operator (robot) javob berib, so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ish faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim etadi. Shundan so‘ng aloqa operatori, ya’ni murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar bilan bog‘laydi.

Biroq, ming afsuski, yuqoridagi tavsiyalarga qaramay, aksariyat murojaatchilar turdosh tashkilotlar — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ  hamda «Hududgazta'minot» AJ vakolatlariga kiruvchi masalalarni (hisoblagichlar, simyog‘och, gaz taqsimlash va transformator punktlari, to‘lovdan so‘ng gaz-elektr ta'minoti tiklanmagani borasidagi shikoyatlar) bayon qilishadi.

Hurmatli iste’molchilar, eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, ya’ni magistral elektr tarmoqlarida loyihalashtirish, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash kabi ishlarini bajaradi, shuningdek, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

 ‼ Iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

Ma’lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste’molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gaz ta’minoti masalalari yuzasidan esa +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali «Hududgazta’minot» AJ raqamlari bilan bog‘lanish mumkin. https://hududgaz.uz/. “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining ish vaqti: 09:00 – 18:00.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98. Indeks: 100115. E-mail: info@hududgaz.uz

Telefon raqami: (71) 281-16-85.

Hurmatli fuqarolar, shuningdek, Energetika vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 231-1661.

Devonxona: (998 71) 231-18-81.

Ishonch telefoni: 71 231-81-18.

Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>