Kasaba uyushmasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markaziga ekskursiya uyushtirildi
  • 12.10.2023
  • 245

O‘zbekiston Respublikasida aholi va hududlarning xavfsizligini ta’minlash borasida asosiy muammolarni hal etish, davlat boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni muvofiqlashtirish, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xavfsizlik xizmati guruhi hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markaziga ekskursiya tadbiri uyushtirilidi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — favqulodda holatlar, baxtsiz xodisalar ro‘y berganida favqulodda vaziyatlarda insonlarning tayyorgarligini, bilim-saviyasini oshirishdan iborat.

Ekskursiya tadbiri “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moliyalashtirildi.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>