Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ga murojaat xati: Elektr hisoblash uskunalari kim tomonidan o‘rnatiladi o‘zi?»
  • 29.09.2023
  • 148

Murojaat egasi: Ibodov Kamoliddin Mamatqulovich, Jizzax viloyati.

Elektron pochta: kamail_uz@mail.ru

Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga Jizzax viloyati, Baxmal tumani, “Nurafshon” MFY, “Navro‘z” mahallasi, 107-xonadonda istiqomat qiluvchi Ibodov Kamoliddin Mamatqulovich tomonidan

MUROJAAT XATI

Sizga shuni yozib maʼlum qilamanki, Baxmal tumani HET 2021-yil 18-sentabrda 02/031697-raqamli naryad asosida ukam Ibodov Xusniddin Mamatqulovich (hozirda RF ishlash uchun chiqib ketgan) yashab turgan Nurafshon m.f.y., Navro‘z mahallasi 107-xonadonga davlat raqami 283685 bo‘lgan DDS-28U rusumli elektr hisoblagich o‘rnatilgan, Baxmal tuman HET korxonasida EHNAT ga ulanadigan zamonaviy elektron hisoblagich yo‘qligi sababli kelgusida almashtirilishini bildirib 8116609-raqamli abonent sifatida ro‘yxatga olingan edi.

2023-yilning avgust oyida Baxmal tuman ET korxonasi xodimlari ushbu o‘rnatilgan elektr hisoblagich ishlamayotganligini, buzilib qolganligini shu sababli yangi hisoblash uskunasini zudlik bilan o‘rnatish shartligi bilan ogohlantirib ketishdi. Ularning talabiga ko‘ra tumanda barcha xonadonlarda Xitoyda ishlab chiqarilgan 1-fazali Kaifa 220V 5-60A rusumli hisoblagichlar o‘rnatilishi shart ekan. Boshqa hisoblash uskunalari EHNAT tizimiga bog‘lana olmas ekan. Biroq bugungi kungacha do‘konlarda ushbu rusumdagi hisoblagichlar yo‘qligi sababli yangisiga almashtirish imkoni bo‘lmayapti. Tuman HET korxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, Kaifa 220V 5-60A rusumli hisoblagichbilan aynan bir xil funksiyalarga ega 1-fazali EX18 | 220V 10-60A | PLC-modem rusumli hisoblagichlarni o‘rnatib bo‘lmasligini shu sababli aynan Kaifa 220V 5-60A rusumli hisoblagichni topib o‘rnatish talabini qo‘yishmoqda.

Shu sababli elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o‘rnatish bo‘yicha Baxmal tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 2023-yil 21-avgust kuni YAIDXP orqali ariza yuborganman (94123064-raqamli ariza ilova qilinadi). Ammo ushbu ariza bugungi kungacha o‘z yechimini topganicha yo‘q.

Yuqoridagilardan kelib chiqib Sizga qo‘yidagi savollar doirasida murojaat qilmoqdaman:

1. Elektr hisoblash uskunalari kim tomonidan o‘rnatiladi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 22-qarorining 52-bandidada “maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlaridagi elektr energiyasini hisobga olish elektron asboblarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (jumladan, induksion) hisobga olish asboblari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan almashtirilishi” belgilangan bo‘lsa-da, aynan xorijda ishlab chiqarilgan, hozirda sotuvda deyarli yo‘q bo‘lgan hisoblash uskunasini o‘rnatish tartibi qanday bo‘lishi mumkin?

2. 2021-yil 18-sentabrda 02/031697-raqamli naryad asosida o‘rnatilgan DDS-28U rusumli hisoblagich elektron hisoblagichlar bilan bir vaqtda o‘rnatilgan va ishlatilganligini hisobga olib buzilmagan taqdirda ishlatilishi mumkin edimi?

3. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan aynan bir xil funksiyalarga ega 1-fazali EX18 | 220V 10-60A | PLC-modem rusumli hisoblagichlarning respublika hududlarida ishlatilayotganligi, biroq nima sababdan Baxmal tumanida o‘rnatib bo‘lmasligi?

4. Isteʼmolchilarning elektr hisoblash uskunalarining turli rusumlarini o‘rnatishi bo‘yicha hududiy diskriminatsiya qilinishi qonuniy kuchga egami?

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, menga elektr energiyasidan foydalanish jarayonida qonun buzilishlarining oldini olish hamda elektr energiyasi maishiy isteʼmolchisi sifatidagi qonuniy manfaatlarimni himoya qilish maqsadida elektr hisoblash uskunasi o‘rnatish bilan bog‘liq ushbu ziddiyatli masalaning ijobiy hal etilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Kamoliddin Mamatqulovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy электр тармоқлари» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/22115                        

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>