Yangiliklar
Kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida 400 dan ortiq ishchi guruh tashkil etildi
  • 27.09.2023
  • 148

AOKAda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berildi:

Qayd etilishicha, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish va fuqarolarning bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 14 ming 520 marotaba 412 ming 478 nafar fuqarolar bilan uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Profilaktik tadbirlar jarayonida 198 ming 559 ta tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘ida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi aniqlangan 10 ming 262 ta nosozliklardan 9 ming 459 tasi tuzatildi.

Yong‘inlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 36,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 26,8 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14,4 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,7 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi.

Batafsil

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/38487

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>