Yangiliklar
Energetika vazirligi Axborot shtabi: Yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarining 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirgan ishlari xususida ma’lumot
  • 25.09.2023
  • 275

Renesans TV: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 1-oktabrgacha tugatiladi

 

 

▶️  Manba

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati: 2023-yilning sentabr oyigacha 8 ta kuch transformatori — reja 100 foizga, 38 ta 110–220–500 kVli o‘chirgich —reja 106 foizga, 4 ta kompressor qurilmasi — reja 133 foizga, 830,7 km.  uzunlikdagi  110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari 100 foizga mukammal ta'mirlangan.

Shuningdek, 289 ta transformatordan 255 tasi, 1532 ta o‘chirgichdan 1423 tasi, 22 ta havo kompressorlarining barchasi hamda 4958,7 km. uzunlikdagi 10–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan 4680,3 km. qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan.

2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joriy yilning 1-oktabr sanasigacha tugatilishi belgilangan.

Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan.

Zaxira uchun 156 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 35 tonna turli rusumli simlar, 9,8 km. kabel mahsulotlari, 46 dona metall tayanchlar, 26 dona temir-beton tayanchlar, 7000 dona izolyator, 7 dona turli quvvatdagi transformator mavjud.

Ma'lumot o‘rnida: Ayni paytda umumiy quvvati 590 kilovatt bo‘lgan kichik fotoelektr stansiyalari, ya'ni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati energetika ob'ektlari  va ma'muriy binolari tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqarilgan "yashil energiya" manbasi quvvati tashkilot ichki ehtiyojni ta'minlash bilan birga tuman elektr ta'minot korxonalari tarmog‘iga ham uzatmoqda.

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>