Yangiliklar
Bugungi kunning dolzarb masalasi «Assalom, O‘zbekiston!» tonggi dasturida muhokama etildi
  • 22.09.2023
  • 185

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” telekanalining «Assalom, O‘zbekiston!» dasturida energoresurslardan samarali foydalanish, energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, energiya resurslariga to‘lov mexanizmlarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida erkinlashtirish hamda 2023/2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

Tonggi dasturda Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdullajon Otaboyev; Energetika vazirligi Axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunovlar ishtirok etishdi.

Jonli efirda olib borilgan muloqotda, shuningdek, isteʼmolchilarga bir qator tavsiyalar berilib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasida maʼlumotlar taqdim etildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>