Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Uyimning orqasidagi joyda, yuqori kuchlanishli tarmoq ostida qurilish ishlari bo‘layotgani sababli qonuniy chora ko‘rib berishingiz so‘rayman!»
  • 11.09.2023
  • 171

Murojaat egasi: Ravshanov Rustambek, Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Guliston” MFY.

 

Elektron pochta: dilshod046va@gmail.com

 

Murojaat mazmuni: Men Ravshanov Rustambek, ushbu arizamni yozishimdan maqsad, menga tegishli bo‘lgan Qibray tumani, “Guliston” MFY, Fattoh 7-berk ko‘chasi, 16-uy manzilimning orqa tomonidan yuqori kuchlanishli tok o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan qurilish ishlari bo‘layotgani sababli qonuniy chora ko‘rib berishingiz hamda hayot uchun xavfli bo‘lganli uchun qurilish to‘xtatilishiga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ravshanov Rustambek, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 

Axborot xizmati: Murojaatchi bilan telefon orqali bog‘lanilganda, murojaatda aytilgan manzilda 35 va 10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari o‘tganligi maʼlum bo‘ldi. Ushbu elektr tarmoqlari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufida bo‘lganligi sabab murojaat turdosh tashkilotga yo‘naltirildi.

 

Fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son "Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosini taʼminlashini so‘raymiz:

 

2-bob, 15-band:  Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:

 

a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;

b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish;

v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;

g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;

d) axlatxonalarni joylashtirish;

ye) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.

 

3-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish

 

13. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.

14. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:

a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:

 

  • 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;
  • 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;
  • 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;
  • 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr.

 

Manba: https://lex.uz/docs/4133978

 

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/21805          

 

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>