Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — avariyaga qarshi o‘quv-taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi
  • 08.09.2023
  • 219

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi barcha energetika ob'ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qilish, ya'ni favqulodda vaziyatlar natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyani oldini olish va sodir bo‘lgan avariyani zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlikni yanada oshirish maqsadida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

⚡️ Misol uchun, bugun — 2023-yil 8-sentabr kuni «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarrufidagi 500/220/10 kB kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida avariyaga qarshi o‘quv-taktik mashg‘ulotlari  o‘tkazildi.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>