Yangiliklar
“O‘zbekiston–24” teledasturi: Andijon viloyatida yuqori kuchlanishli yangi podstansiya qurilmoqda
  • 06.09.2023
  • 197

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ–5180-sonli qarori hamda Davlatimiz rahbarining 2021- yil 17–18-iyul kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, Prezident huzurida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 33-sonli bayonining ijrosini taʼminlash maqsadida, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Andijon viloyatida 220/110/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya qurilmoqda.

O‘tgan davr ichida amalga oshirilgan ishlar:

Bir dona 125 MVA to‘la quvvatga ega transformator “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi “Qizilrovot” podstansiyasidan olib kelinib,  yangi podstansiya hududiga o‘rnatilib, montaj ishlari yakunlandi. 13,9 km uzunlikka ega 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurish 95% ga bajarildi.

Shu bilan birga, 1,2 km uzunlikka 110 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari qurilishi uchun birinchi va ikkinchi tayanchlar to‘liq o‘rnatildi. Loyiha bo‘yicha uzunligi 42 metr, eni 12 metrli tezkor boshqaruv binosi, yopiq yordamchi binosi hamda nazorat o‘tkazish binolari to‘liq qurib bitkazildi.

Qurilish-montaj ishlari 220 kV kuchlanishli hamda 110 kV kuchlanishli  ochiq taqsimlovchi qurilmalarning portallari o‘rnatilib, sim tortish ishlari yakunlandi.

220 kV kuchlanishli  ochiq taqsimlovchi qurilmaning 3 jamlama elegaz o‘chirgichi, 2 jamlama tok transformatori, 9 jamlama ajratkich va 2 jamlama kuchlanish transformatori, 4 jamlama o‘ta kuchlanishdan himoyalash uskunasi o‘rnatildi.

110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmaning 4 komplekt o‘ta kuchlanishdan himoyalash uskunasi, 2 komplekt kuchlanish transformatori o‘rnatildi.

Bundan tashqari, yangi energetika obyekti hududiga 8 dona yoritgich chiroq va ustunlarilari o‘rnatilib, ularning 4 donasi ishga tushirildi. Tezkor boshqaruv binosiga 108 dona akkumulyatorlar va releli himoya shkaflari o‘rnatilib, montaj qilinmoqda. 200 metr/kub sig‘imga ega suv zaxira idishi o‘rnatilib, montaj ishlari davom etmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>