2023-yil 27-iyul kuni «O‘zbekiston MET» AJ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «Traktorsoz» podstansiyasida fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli, Toshkent shahar hokimining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarorlari ijrosini bajarishdan iborat. O‘quv-taktik mashg‘uloti korxona va tashkilotlarda fuqaro muhofazasi ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.
⚡️ Ma’lumot o‘nida: ushbu o‘quv-taktik mashg‘ulotlari Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tibbiyot birlashmasi bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazildi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ vakillari mashg‘ulotlarni kuzatib bordilar.
▶️ Batafsil
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati