Yangiliklar
Xitoy kompaniyasi bilan elektr energiyasini saqlovchi akkumulyator batareyalari loyihalari muhokama etildi
  • 30.08.2023
  • 197

Bugun, 2023-yil 30-avgust kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ rahbariyati tomonidan Xitoyning "China Energy Engineering Group Northwest Power Construction Engineering Co., Ltd" kompaniyasi bosh direktori Janob Yuan Yonsu boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar kompaniyalar faoliyati to‘g‘risida ma‘lumot almashdilar va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashinildi. Xususan, elektr energiyasini saqlovchi akkumulyator batareyalarini ishga tushirish loyihalarida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>