Yangiliklar
“Qo‘yliq” podstansiyasidagi nosozlik tufayli Toshkent xalqaro aeroporti elektr ta'minotidan to‘liq uzilgani (!) to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri
  • 28.08.2023
  • 188

Ma'lumki, 27-avgustdan 28-avgustga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoq sahifalarida, “UZBEKISTAN AIRPORTS” rasmiy telegram kanalining xabariga tayangan holda, «“Qo‘yliq” podstansiyasida ro‘y bergan avariya Toshkent aeroportida qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishga olib keldi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati Situatsion tahlil boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga tayanib ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

❗️ Avvalo shuni alohida ta'kidlash lozimki, Toshkent xalqaro aeroporti 4 ta 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i bilan ta'minlangan bo‘lib, kecha sodir bo‘lgan favqulodda o‘chish tufayli uning 3 tasida qisqa muddatga avtomatik himoya tizimidan o‘chgan, biroq bu paytda aeroport elektr stansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta'minlangan.

Aniqrog‘i, 2023-yil 27-avgust kuni soat 22:11da “Qo‘yliq” podstansiyasidan chiquvchi, texnik-muhandislik nomi “L-Xlopkovaya-35 kV” bo‘lgan elektr tarmog‘i avtomatik himoya signali ta'siridan favqulodda o‘chgan. Shu vaqtda  T-3 va T-4 transformatorlarining 35 kV kuchlanishli tomoni ham o‘chgan, natijada Toshkent xalqaro aeroporti balansida bo‘lgan birinchi va ikkinchi 35 kV  shinalar tizimida kuchlanish yo‘qolgan.  

Oradan 10 daqiqa o‘tgach, ya'ni soat 22:21da birinchi va ikkinchi 35 kV shinalar tizimiga kuchlanish berilgan. Soat 22:28 da texnik-muhandislik nomi “L-Xlopkovaya-35 kV” bo‘lgan elektr tarmog‘i tashqari barcha iste'molchilar ulangan. Ayni paytda nosozlik oqibatlari to‘liq bartaraf etilib, u 220 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasidan chiquvchi barcha elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilishi tarmoqlarning mansublik chegarasiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi tavsiya etilgan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari “O‘zbekiston aeroportlari” AJ ma'muriyatiga aeroport elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida, mansublik chegarasi doirasida, "GES-5" stansiyasidan ta'minlanuvchi 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i barqaror faoliyatini ta'minlash hamda xalqaro aeroport zaxira quvvat tarmog‘ini ishchi holatda saqlash maqsadga muvofiqligini ma'lum qiladi.

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

https://effect.uz/4120

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>