OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: “Toshkent viloyatida 5 ta holatda 413 mln 899 ming soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi”
  • 23.08.2023
  • 134

Soʻnggi 4 kunda Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Zangiota tumanida fuqaro I.Sh. ga qarashli ferma oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 130 mln 86 ming soʻm (130 ming 86 metr kub);

➖ Zangiota tumani, “Obod toʻqimachi” MFYda fuqaro A.B. ga qarashli suv nasosi oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanib, davlat manfaatlariga 88 mln 772 ming soʻm (183,9 ming kVt•soat);

 Zangiota tumani, “Toʻqimachi” MFYda fuqaro E.X. ga qarashli “Agro Asomiddin Al Mardon” MChJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 32 mln 580 ming soʻm (86,4 ming kVt·soat);

➖ Chirchiq shahrida joylashgan “Gʻisht zavod” xususiy korxonasi tomonidan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatish natijasida davlat manfaatlariga 85 mln 997 ming soʻm (189,8 ming kVt•soat);

➖ Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.N.N” elektr qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulab, davlat manfaatlariga 76 mln 464 ming soʻm (169,9 ming kVt•soat) miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur 5 ta holatda davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 413 mln 899 ming soʻm (130 ming 86 metr kub tabiiy gaz, 630 ming kVt•soat)ni tashkil etgan.

Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/8832?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>