Avval xabar berganimizdek, ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bajarilgan ta'mirlash-sozlash ishlari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va qisman import qilinadigan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzatib berish jarayoni barqarorligini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan modernizatsiya loyihasining 2-bosqichida ham yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvat o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish maqsadida yangi avtotransformatorlar o‘rnatib, bir nechta investitsion loyihalar asosida yangi magistral elektr tarmoqlari qurilmoqda.
⇒ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Xakan» podstansiyasiga xorijlik va mahalliy mutaxassislar tashrif buyurishdi va olib borilayotgan modernizatsiya loyihalarining qurilish-montaj ishlari bilan tanishdilar. «Xakan» podstansiyasining boshlig‘i B.Azizov hamda Rele himoyasi va avtomatika tizimi boshlig‘i U.Hamdamov tomonidan podstansiyaning umumiy ishchi holati haqida ma'lumotlar berilib, xorijlik va mahalliy mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati