Xotin-qizlar
Energetika vazirligida “Energetika sohasida gender tenglik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
  • 22.08.2023
  • 246

Bugun, 2023-yil 22-avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida, Osiyo tarraqiyot banki ko‘magida, Energetika vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Energetika sohasida gender tenglik” mavzusida seminar-trening Energetika vazirligi binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida gender tenglikni ta'minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi maslahat kengashi tuzilgan. Maslahat Kengashining asosiy maqsadi — “O‘zbekiston MET” AJ faoliyatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratilishini kafolatlash, tahlil qilish, jinsi bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitilishini bartaraf etish hisoblanadi.

Xalqaro moliya institutlari (XMI) mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston MET” AJning investitsiya loyihalari doirasida gender siyosati talablariga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ta'minlanmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Magistral elektr tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi” doirasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan Respublikaning 7 ta viloyatida 344,75 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va 4 ta “Fayzobod”, “Zafar”, “Obi-hayot”, “Zarafshon” podstansiyalarda modernizatsiya va qayta qurish ishlarini olib borish ishlarini amalga oshirishda 30% dan ko‘p ayol xodimlarni jalb qilish nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqyeini yanada kuchaytirish, shu orqali oilani mustahkamlash, yuqori intellektual darajadagi yosh avlodni voyaga yetkazish, kelajak barqarorligini ta'minlashning garovi hisoblanadi.

 

✍️  Feruza Xadjimuratova, "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘lim boshlig‘i, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari

https://t.me/minenergy_uz/8809

https://t.me/NuzUzru/54400

https://nuz.uz/?p=1284147

https://uza.uz/uz/posts/energetika-kompaniyalari-gender-markazlari-salohiyati-oshiriladi_513400

https://uza.uz/posts/513436

https://yuz.uz/ru/news/v-minenergo-proveden-mejdunarodny-seminar-trening-na-temu-gendernoe-ravenstvo-v-toplivno-energeticheskom-komplekse-uzbekistana

https://t.me/mtrkuzofficial/163128

https://t.me/ovoza_news/7196

https://tafsilar.info/novosti-uzbekistana/ministerstvo-jenergetiki-provelo-seminar-na-temu-prodvizhenija-gendernogo-ravenstva/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>