OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Bosh prokuratura: elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 1 341 ta holatda 66,6 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan
  • 21.08.2023
  • 108

Toshkent viloyati prokuraturasi organlari tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanish, debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Prokuratura organlari va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida elektr energiyasidan debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 206,1 mlrd so‘mga kamaytirishga erishildi, sudlarga 367 ta 123,4 mlrd so‘mlik arizalar kiritildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 1 341 ta holatda 66,6 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan.

Aybdor shaxslarga nisbatan prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 1 232 ta ma’muriy ish, 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 55,8 mlrd so‘mlik zarar undirilgan.

Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 23 ta taqdimnoma kiritilgan, 51 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.

 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/8781

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>