Yangiliklar
FM.104.1 to‘lqinlarida bugungi kunda energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot berildi
  • 18.08.2023
  • 204

«Yoshlar» radiokanalining FM.104 to‘lqinlari, "Yoshlar bilan muloqot" dasturida bugungi kunda energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot taqdim etilib, jonli efirda radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

⚡️ Radiomuloqotda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergiyainspeksiya” nazorat inspeksiyasi mas’ul xodimi N.Norboboyev, “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ  matbuot kotibi F.Nuraliyevlar va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati rahbari U.Urunovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tinglovchilarga (iste'molchilarga) uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan «ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI NIMA?» nomli maqola bilan tanishish tavsiya etildi.

Radioboshlovchi — jurnalist Umida Hasanova, dastur muallifi — Nargiza Kamalova.

Facebook  ‖  Instagram  ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>