OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Tezkor tadbir: Toshkent viloyatida uchta MChJ qariyb 3 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
  • 16.08.2023
  • 100

Bugun, 15-avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

➖ Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” MFYda joylashgan “Sanfa Engineering Co LTD” MChJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi va buning natijasida davlat manfaatlariga 226 mln 366 ming 296 so‘m (335 ming 357 kVt·soat);

Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” MFYda joylashgan “LYXKS Transport” MChJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 24 mln 836 ming 760 so‘m (55 ming 192 kVt·soat);

Toshkent tumani, “Kengsoy” MFYda joylashgan “Oltin Shoh Global” MChJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, davlat manfaatlariga 88 mln 695 ming so‘m (197 ming 100 kVt·soat) miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur uchta holatda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdiri 339 mln 531 ming 760 so‘m (587 ming 649 kVt·soat)ni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 2 ming 938 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8735

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>