Yangiliklar
«ENERGO-IT» filiali mutaxassislari «Andijon MET» filiali tasarrufidagi aloqa va himoya uskuna-jihozlarining texnik-muhandislik holatini o‘rganishdi
  • 15.08.2023
  • 404

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “ENERGO-IT” filialining 2023-yilning 7-avgustdagi 02-34-13/293-sonli xatiga asosan sektor boshlig‘i V.Mirzayev, muhandis Q.O‘raqov hamda «Andijon  MET» filiali mutaxassislari U.Hamdamov va U.G‘iyosovlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat amaliyotida Filial tasarrufidagi ekspluatatsiyaga yaroqli va yaroqsiz aloqa uskuna-jihozlari sinovdan o‘tkazilib, tegishli servis-sozlash xizmatlari amalga oshirildi.

Nazorat ko‘rigi va ta'mirlash ishlaridan so‘ng «ENERGO-IT» filialining malakali mutaxassislari tomonidan «Andijon MET» filiali aloqa xodimlari uchun «mahorat darsi» o‘tkazildi va yangi turdagi zamonaviy uskuna-jihozlarning ish tartibi to‘g‘risida foydali ma'lumotlar taqdim etildi.

 

✍️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>