OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — “O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari “Navoiy IES” AJda 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar
  • 15.08.2023
  • 128

Korxonaning 8-sonli energoblokida tasdiqlangan rejaga asosan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ta’mirlash jarayonida turbinaning past bosimli rotori 6-bosqich kuraklarini almashtirish, qozon agregatining issiqlik qoplamalarini qayta tiklash va generatorda ko‘rik ishlarini o‘tkazish belgilangan.

Energoblok ta’miriga qariyb 300 nafar mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ishlar navbatchilik asosida tunu-kun tashkil etilgan.

Mazkur ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - energoqurilmaning yanada ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashdan iborat.

 

Telegram Facebook Instagram Yutube

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8718

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>